Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev hamda Kengash deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi “Marmarobod” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish davomida:

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati;
doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ish bilan ta’minlash choralari;
oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish ishlari;
ijtimoiy yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash;
mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
fuqarolar yig‘inida yuritilayotgan hujjatlar holati o‘rganildi.

Muloqot jarayonida mahalla yettiligi vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, ijtimoiy masalalarni o‘z vaqtida hal etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash hamda fuqarolarning muammo va takliflariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4