Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
"Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
 "Qamarniso" okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

📋 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari T.Nazarov, I.Sagdullayev boshchiligida va kotibiyat xodimlari hamda Olmazor tuman Ekologiya bo‘limi ma'sul vakillari hamkorligida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimini yaxshilash, qo‘shimcha chiqindi qutilari o‘rnatish, daraxt ekish aksiyalarini tashkil etish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muxokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari asosida piyodalar va transport harakatiga xalaqit berayotgan, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan yoki sanitariya talablariga javob bermaydigan daraxtlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

🔎 Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni tizimli hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish, navbatdagi sessiyalarga hududiy muammolarni kiritish hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘rganishlar davomida hududlarda mavjud daraxtlarning holati, noqonuniy kesilishining oldini olish, qurib qolgan yoki avariya holatidagi daraxtlarni qonunchilik asosida xatlovdan o‘tkazish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Slide 1 of 5