Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA

 GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA

So‘nggi yillarda Quva tumanida qishloq xo‘jaligining istiqbolli va daromadli
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan gulchilik sohasini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S.Bo‘rieva, tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi A.Fozilov hamda “MADAD” NNTning tuman vakili X.Qodirov Yuqori
Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan
aholini daromadli mehnatga jalb etish va gulchilik orqali tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildilar.


O‘rganish davomida gul yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va
tadbirkorlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Suv ta’minoti, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish jarayonida
uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan
takliflar bildirildi.


Shuningdek, gulchilikni yanada kengaytirish, aholi bandligini oshirish,
xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari
yaratish hamda mahsulotlarni ichki bozorga chiqarish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.


Yakunda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida
sohani rivojlantirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda aholi
daromadlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi, aniqlangan kamchiliklar
еса deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga qayd etildi va
bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 2