Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari oldidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Tadbirda institut rahbariyati, korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyalar a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda qabul jarayonlariga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Kravchenya Gennadiy Nikolayevich hamda komissiya a'zosi Xasanov Azizbek Baxtiyorovichlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari va uning oldini olishga qaratilgan videorolik namoyish etildi.

Termiz davlat pedagogika instituti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Dilmurod Alisherovich oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, savollarga javob berildi hamda taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 10