Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda

Bugun Istiqbol MFYda fuqarolar hamda OSHP xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘.Shukurov tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini tuman darajasida o‘rganish maqsadida savolnoma asosida suhbat va o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida aholiga reproduktiv salomatlikni asrash, tibbiy xizmatlardan samarali foydalanish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bunday o‘rganishlar hududlarda qonun ijrosini samarali ta’minlash hamda aholining tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2