Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan deputatlik faoliyati doirasida saylov okrugidagida kambagʻallikni qisqartirish dasturining ijrosi yuzasidan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning bandlik holati, daromad manbalari, oilaviy sharoiti hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.

Suhbatlar jarayonida ayrim fuqarolar o‘z tadbirkorligini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish istagini bildirdilar. Shu munosabat bilan ularga tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar, kredit mablag‘lari, subsidiya va davlat dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan zarur choralar belgilab olindi.

Deputat Sh.Madaminova tomonidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3