Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Ishimov va N.Turdiyevlar ishtirokida Yangi davr MFY raisi hamda mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallada qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mahalla hokim yordamchisining ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi bilan mahallada 4 ta mikroloyiha ishga tushirilgan bo‘lib, natijada 9 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Uchrashuv yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Slide 1 of 4