Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida aholini sifatli tibbiy xizmat va bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasining Sayapir filialidagi tibbiyot shahobchasi zarur vositalar bilan ta’minlangani aniqlandi. Shahobcha Sayapir va Saidlar mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Oilaviy shifokor Karimboy Abdullayev ma’lumotiga ko‘ra, mahallada 984 nafar surunkali kasalligi mavjud bemor, 72 nafar homilador ayol, 14 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan hamda 134 nafar katta yoshdagi nogiron fuqaro ro‘yxatda turadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 1801 nafar aholiga har oy 34 turdagi dori-darmon va 10 turdagi tibbiy vositalar bepul yetkazib berilmoqda.

Mahalla aholisi tibbiyot xodimlari faoliyatidan mamnun ekanligini bildirdi.      

Slide 1 of 1