Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qaroriga muvofiq “Besh-tut” mahallasidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 95 nafar xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev tomonidan tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

🔺Shuningdek, xotin-qizlar faoli N.Umurzakovaning ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy va oilaviy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi.

🔺Tahlil davomida ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda ajratilgan mablag‘ va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2