Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat mahallada Deputatlik nazorati: Kultepa oilaviy poliklinikasida bepul dori-darmon ta’minoti va zaxirasi o‘rganildi

 Deputatlik nazorati: Kultepa
oilaviy poliklinikasida bepul dori-darmon ta’minoti va zaxirasi o‘rganildi
 

Bemorlarni davlat tomonidan
kafolatlangan bepul dori vositalari bilan vaqtida ta’minlash, ayniqsa,
birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida zarur dorilar zaxirasini
shakllantirish holati doimiy nazoratda turadi.
 

Shu maqsadda, Xalq
deputatlari Pikent tuman Kengashidagi 20-Kultepa saylov okrugi deputati (XDP
partiya guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Oilaviy
poliklinikada navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Monitoring davomida quyidagi
maqsadli jihatlarga e’tibor qaratildi:
 

Imtiyozli va bepul
beriladigan dori-darmonlarning ro‘yxat bo‘yicha mavjudligi;
 

Dori vositalarining sifati,
saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari;
 

Bemorlarga dorilarni o‘z
vaqtida va shaffof tarzda yetkazib berish tizimi.
 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra,
mazkur oilaviy poliklinikada aholi uchun bepul ajratiladigan dori vositalari
o‘z vaqtida yetkazib berilayotgani, tibbiyot maskanida yetarli darajada
dori-darmon zaxirasi mavjud ekanligi hamda ta’minotda uzilishlar yo‘qligi aniqlandi.
 

Bu kabi izchil o‘rganishlar
fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va tibbiy-ijtimoiy imtiyozlardan
to‘laqonli foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) 

 Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/