Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov va deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida deputatlik guruhining hisobot davridagi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Ta’kidlanganidek, deputatlar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar o‘rganildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Muhokamalar jarayonida mahalliy Kengashning nazorat funksiyasini yanada kuchaytirish, deputatlik so‘rovlari samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish yo‘nalishlaridagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov deputatlik guruhining faoliyatini yanada takomillashtirish, qonunchilikda belgilangan vakolatlardan samarali foydalanish hamda aholi bilan muloqotni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. U deputatlarning joylarda olib borayotgan ishlari xalq ishonchini mustahkamlash va hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim omil ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston XDP deputatlik guruhining kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.

Slide 1 of 4