Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxratjon Xaydarkulovich Raxmonov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Kenjayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uzun tumani “Chaqar” mahallasining “Chinor” va “Yoshlik” ko‘chalari ta’mirlanmaganligi sababli bahorda loy, yozda esa chang-to‘zon bo‘lib, aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi. Ushbu masala yuzasidan saylovchilar tomonidan deputatga qayta-qayta murojaat kelib tushgan.

Deputat Sh.Raxmonov qonuniy vakolatlaridan kelib chiqib, mazkur ko‘chalarga tosh-shag‘al to‘kib berish muammosini ijobiy hal etish hamda amaldagi ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish yuzasidan rasmiy so‘rov kiritdi.

Aholi farovonligi va yo‘llar obodligi yo‘lidagi ishlar nazoratga olingan.