Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Tibbiyot sohasida yangi bosqich!

 Tibbiyot sohasida yangi bosqich!

Olmazor tumanining "Islomota" mahallasida joylashgan 20-sonli Oilaviy poliklinika kapital ta’mirdan so‘ng zamonaviy qiyofada faoliyat boshladi.

⚡️ Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimi, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi va deputatlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

🏥 Tibbiyot maskani yettita mahalla aholisiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

🩺 Poliklinika zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanib, bemorlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Tadbir davomida yangi ish sharoitlari va aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

🌸 Mazkur loyiha aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiyot tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Slide 1 of 6