Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ilm-fan taraqqiyoti — jamiyat rivojining muhim omili!

Ilm-fan taraqqiyoti — jamiyat rivojining muhim omili!

Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni ilm-fan sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Mazkur Qonunda:

♾ilmiy ijod va axborot erkinligi;
♾ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi;
♾yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash;
♾ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
♾innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish;
♾xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim yoʻnalishlar belgilab berilgan.

Shuningdek, Qonun orqali ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarning ҳуқуқ ва мажбуриятлари, ilmiy darajalar berish tartibi hamda ilmiy ekspertiza mexanizmlari mustahkamlandi.

Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, zamonaviy ilmiy muhit yaratish hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish ushbu Qonunning asosiy maqsadlaridan biridir.

Ilm-fanga eʼtibor — kelajakka investitsiya!