🔴O‘rganish davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiya asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga qaratildi.
🔴Deputat poliklinikada bemorlarga bepul berilishi ko‘zda tutilgan dori vositalarining zaxirasi va ularning saqlanish holatini ko‘zdan kechirdi.
🔴Shuningdek, muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashib, tibbiyot xodimlarining muomalasi va davolash jarayonlari bo‘yicha ularning fikr va mulohazalarini tingladi.
🔴Inson qadri uchun tamoyili asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔴Bu kabi o‘rganishlar tuman aholisining sog‘lig‘ini saqlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda deputatlik nazoratining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.