Jańalıqlar

Deputat o‘z saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

🔹Deputat hududda aholi farovonligi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barpo etilayotgan yangi piyodalar yo‘lakchasi qurilishining borishini alohida ko‘zdan kechirdi.

🔹O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining belgilangan me’yorlar, sifat talablari hamda loyiha andozalariga to‘liq mos ravishda olib borilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Ushbu xayrli ishlarda mahalla faollari va fuqarolar ham faol qatnashib, hashar yo‘li bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bu esa xalqimizga xos hamjihatlik va birdamlik muhitining yana bir yorqin ko‘rinishidir.

🔹Maktabga qatnayotgan o‘quvchilar, ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan piyodalar uchun alohida yo‘lakchaning barpo etilishi mahalla aholisi uchun katta qulaylik yaratmoqda.

🔹Bu kabi amaliy say-harakatlar hudud qiyofasini zamonaviylashtirish bilan birga, saylovchilarning munosib turmush sharoitida yashashlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3