🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Muxabbat Yaxshimuratova tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i M.Axmedov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
📝 Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1109-son hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonunlari ijrosi yuzasidan hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot so‘ralgan.
🧼 Shuningdek, aholi sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya talablariga rioya etish hamda hududlarda sog‘lom muhitni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etilishi so‘raldi.
✅ Hududlarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va jamoat salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.