Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

 AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI 

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi hamda ayni vaqtda Farg‘ona viloyati Kengashi
deputati F.Hashimova tomonidan Soyguzar mahalla fuqarolar yig‘inida hokim
yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish,
yangi ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,
shuningdek fuqarolar murojaatlarining ijrosi va mahallada amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, o‘rganishlar davomida deputat mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi
mavjud muammo va takliflar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida
aholini qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash
hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama
qilindi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish
samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va
topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 2