Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyati mudiri X. Sultanov tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlar, mahalliy Kengashlar bilan Qonunchilik palatasi hamda Oliy Majlis o‘rtasidagi hamkorlik masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon, qaror va farmoyishlarning hayotga tatbiq etilishida tuman deputatlar korpusining faolligi tobora oshib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida Inson ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar savol-javob asosida muhokama qilindi.

Yakunda X. Sultanov markaz xodimlariga aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida tuman Kengashi deputatlarini yanada kengroq jalb qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirdi.09:20


 

Slide 1 of 2