Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Qonun targ‘iboti — aholi manfaatlari yo‘lida

 Qonun targ‘iboti — aholi manfaatlari yo‘lida

🗓 Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Changak saylov okrugi deputati N.Nazarov tomonidan Changak MFY hududida fuqarolar uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-415-sonli Qonun mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.

🔹 Unda Qonunning asosiy maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda munosib turmush sharoitini ta’minlashdan iborat ekani ta’kidlandi.

👥 Shuningdek, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy xizmat turlari, huquq va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.