Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Mahalla hokim yordamchisining ish faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.

Poyjo’y MFY hokim yordamchisining fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlariga  5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva tomonidan alohida e’tibor qaratildi.

Poyjo’y mahallasining O’zbakon qishlog’ida faoliyat olib borayotgan oilaviy mebelsozlik korxonasi deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganildi. Ushbu xonadon tadbirkorligi Ma’rufjon Qozoqov rahbarligida tashkil etilgan bo’lib, oila a’zolarining hamjihatlikdagi mehnati bilan izchil rivojlanib kelmoqda.

Ma’rufjon Qozoqov yoshligidanoq mebelsozlik hunariga qiziqish bildirib kelgan. 2018 yilda davlatimiz rahbarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslaridan ruhlanib, u shinam mebel tayyorlash sexini tashkil etdi. Milliy bank orqali olingan 100 million so’mlik kredit hisobiga Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilib, ishlab chiqarish jarayoni zamon talabiga mos yo’lga qo’yilgan.

Ish faoliyati dastlab oshxona mebellarini tayyorlashdan boshlangan bo’lsa, talab va buyurtmalar ortishi bilan yumshoq mebellarning barcha turlari ham ishlab chiqarila boshlandi. Mahsulot sifati va dizaynining yuqoriligi tufayli buyurtmachilar soni yildan-yilga ortib borgan.

Keyinchalik oilaviy tadbirkorlikka Ma’rufjon Qozoqovning turmush o’rtog’i Dilnoza Mirjonova ham faol qo’shildi. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti arxitektura fakultetida sirtdan tahsil olayotgan o’g’illari Baxtiyorjon va Buxoro davlat universiteti magistri Dildoraxon ham bo’sh vaqtlarini sexda o’tkazib, oilaviy ishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Shu tariqa bu oilada bo’sh vaqtni samarali o’tkazish va daromad topish madaniyati shakllangan. 

Slide 1 of 1