Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Obodonlashtirish va hashar ishlari bo‘yicha targ‘ibot olib borildi

Obodonlashtirish va hashar ishlari bo‘yicha targ‘ibot olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev “Kunchiqish” mahallasida mahalla faollari, oqsoqollar, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda hududni aylanib chiqdi.

Jarayon davomida mahalladagi muammoli xonadon va ko‘chalar holati o‘rganilib, aholiga obodonlashtirish ishlarining ahamiyati, hududlarni ozoda saqlash, uy-joy va ko‘chalarni tartibli holga keltirish bo‘yicha shaxsan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, har bir xonadonga aniq topshiriq va tavsiyalar berilib, fuqarolarni hashar va jamoat ishlariga faol jalb qilish, mahalla hududida tozalik va obodlik muhitini yaratish yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida ko‘chalarni obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, tomorqalardan samarali foydalanish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida ham fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #J_Donayev

Slide 1 of 10