Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
BO‘STON MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari R.Baltayev va I.Musayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Jumaniyazovlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar
kiritish haqida”gi qonuni hamda
deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 4
bandi (hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, aholi bandligi masalalari) ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi Bo‘ston mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari xolati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan 1-chorak davomida 41 nafar kambag‘al fuqarolardan 16 taga kamayganligi, 13 ta ishsiz fuqaro doimiy ish bilan band bo‘lishiga ko‘maklashilganligi
hamda 26 nafar fuqaro o‘zini – o‘zi band qilgan xolda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashilganligi, 20 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilganligi aniqlandi.
 

Shuningdek, faoliyati davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4