Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” MFYda bo‘lib, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida g‘olib bo‘lgan loyiha — Qizilsoy MFYdagi Shukrona va Qo‘lbi ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur loyiha asosida hududdagi ichki yo‘llarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratildi. Deputat tomonidan olib borilgan jamoatchilik nazorati davomida bajarilgan ishlarning sifati va belgilangan tartibda amalga oshirilgani joyida o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Suhbat davomida aholi vakillari amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hamda hududlarda yaratilayotgan qulayliklardan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.  

Slide 1 of 6