Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TURIZM TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI – ASOSIY MAZMUN VA AHAMIYATI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TURIZM TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI – ASOSIY MAZMUN VA AHAMIYATI

Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni 2019-yil 16-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 21-iyunda Senat tomonidan maʼqullangan.

Ushbu Qonunning asosiy maqsadi – turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, sohaga oid huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda turizmni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Qonunda turizmning shakllari va turlari, jumladan kirish, chiqish va ichki turizm, shuningdek madaniy-tarixiy, ekologik, ziyorat, tibbiy, ishbilarmonlik va boshqa yoʻnalishlar aniq belgilab berilgan.

Shuningdek, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar, ularning huquq va majburiyatlari, turistik xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibi, turistik zonalar hamda klasterlarni tashkil etish mexanizmlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Qonunda turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish, turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Umuman olganda, mazkur Qonun Oʻzbekistonning turizm salohiyatini yanada oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish va milliy turistik brendni rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.