Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
Deputat nazorati

OʻzLiDePdan saylangan xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi 18-Obinazir saylov okrugi deputati Umarov Abdulvoris Abduraximovich "Obinazir" mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrganish va nazorat tadbirini amalga oshirdi.
Tadbir davomida "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida"gi qonun ijrosi va deputatning asosiy faoliyatiga doir 24 ta savolnoma boʻyicha mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikni taʼminlash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish masalalari keng muhokama qilindi.
Deputat A.Umarov mahalla faollari va yoshlar yetakchisi bilan bevosita muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlari hamda har bir masala boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrilishi yuzasidan aniq vazifalar belgiladi.
Oʻrganish davomida deputat A.Umarov tomonidan yoshlarni faol ijtimoiy hayotga jalb qilish va ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanishi maʼlum qilindi.
Uchrashuv yakunida bu kabi tadbirlar esa davlat siyosatining bevosita aholi oʻrtasida amalga oshirilishini taʼminlashi taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 2