Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar qo‘llanilishi o‘rganildi

📍 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari tomonidan tuman markazida, Shovot kanali bo‘yida aholi uchun barpo etilgan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida mazkur hududda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud qulayliklar hamda ularga taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 5