Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Shahar kengashi sessiyasi oldidan huquqiy maslahatlashuv!

Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Xususan, sessiyada qabul qilinishi rejalashtirilgan qaror loyihalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida "Madad" NNT huquqshunosi bilan muhokama o‘tkazildi. Uchrashuv davomida har bir qaror loyihasi amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqligi yuzasidan chuqur tahlil qilinib, zarur tavsiyalar olindi. 

Bu kabi hamkorlik qabul qilinayotgan hujjatlarning sifati va ijro mexanizmining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3