Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Dastur ijrosi – amalda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich tomonidan mahallada barpo etilayotgan 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish jarayonlari o‘rganildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori hamda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari asosida amalga oshirilayotgani alohida e’tirof etildi.O‘rganish davomida deputatga qurilish obyekti bo‘yicha mas’ul mutaxasis tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan depuatatga ma'lumot berildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan standart va talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, kelgusida mazkur bog‘cha foydalanishga topshirilgach, bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya muhiti yaratilishi muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 1