Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati N. Murodov hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri J. Hafizov tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan shirkatlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish maqsadida amaliy monitoring ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi yashash hududlarida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda bu boradagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat bo‘ldi.

Monitoring jarayonida ko‘p qavatli uylar atrofida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, maxsus konteynerlarning holati, ularning yetarliligi hamda xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi. Ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotgani, konteynerlar yetishmasligi yoki ularning texnik holati qoniqarsiz ekani aniqlanib, bu borada mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, shirkatlar rahbarlari va mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda tozalikni saqlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Aholi o‘rtasida ham ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni olib chiqish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Umuman olganda, olib borilgan monitoring ishlari shahar hududlarida tozalik va obodonlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3