Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kadirov Beruniy tumanida aholi bandligi va tadbirkorlik holati bilan tanishdi.

📍 “Paxtakor” mahallasi: Deputatlar tomorqadan unumli foydalanib kelayotgan tadbirkor Atamurot Matniyazov xonadonida bo‘lishdi. Tadbirkor o‘z tomorqasida pomidor, bodring va gulchilikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda ushbu mehnat ortidan oilaviy daromad shakllanayotgani alohida e’tirof etildi.

📍 “Birlik” mahallasi: Navbatdagi manzil tadbirkor Shuhrat Sobirovning qo‘ziqorin yetishtirish sexi bo‘ldi. Hozirda ish jarayonini boshlagan tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish niyatida. Shu maqsadda u deputatdan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi.

✅ Natija: Deputat R.Mamutov tadbirkorga zaruriy tavsiyalarni berib, kredit olish masalasini shaxsiy nazoratiga oldi.

Slide 1 of 4