Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot – muhim tashabbuslar markazida

📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot – muhim tashabbuslar markazida

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati M.Ravjanova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamkorligida tuman Axborot-kutubxona markazida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandlik va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Tadbirda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan hududdagi muammolar, yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar ham ko‘tarilib, ularning yechimiga qaratilgan aniq takliflar bildirildi.

🤝 Mazkur uchrashuv yoshlar va deputatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1