Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#targ'ibot #muloqot

Olmaliq shahridagi 1-sonli texnikum binosida kengaytirilgan muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilgan islohotlar samaradorligi va istiqbolli loyihalar taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda deputat Muhiddin Abdullayev ishtirok etib, Bobur mahallasi aholisi va tehnikum o'qituvchilari bilan muloqot qildilar.

✅ Xabardorlikni oshirish: Prezidentimiz tomonidan viloyatni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar va yangi loyihalarni aholiga sodda, hayotiy misollar bilan yetkazish.

✅ Islohotlar tahlili: Hududda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning har bir fuqaro hayotiga, turmush tarziga ijobiy ta’sirini tushuntirish.

✅ Fuqarolik pozitsiyasi: Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash va amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish.

Muloqot davomida deputatlar bugungi islohotlar nafaqat quruq raqamlarda, balki:

Mahallalar qiyofasining o‘zgarishida;

Yangi ish o‘rinlari yaratilishida;

Ijtimoiy qulayliklar kengayishida o‘z aksini topayotganini alohida ta’kidladilar.

Muloqot yakunida: Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 4