Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat K. Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahallasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Mazkur nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlarning ijrosini o‘rganishga qaratildi.

🏗 Nazorat jarayonida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi holati, belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi hamda ishlar sifati yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini oshirish, hamda loyihaning belgilangan muddatlarda to‘liq va samarali yakunlanishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida kelgusida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, loyiha samaradorligini oshirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4