Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati

#kengash_qarori_ijrosi_nazorati

Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-26-39-2-208-K/26-sonli qarori qabul qilinib, mazkur chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.kromovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga muvofiq, Kogon shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘naltiriladigan mablag‘lar evaziga ehtiyojmand oilalarning yashash xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, elektr energiya iste’moli holati hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.kromovlar Quruvchilar ko‘chasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilganligi holati ham o‘rganildi. Jumladan, 2 nafar fuqaroga yordam berilib, ulardan biriga AKFA derazalari o‘rnatib berilgan bo‘lsa, ikkinchisining yashash uyi ta’mirlab berilganligi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.kromovlar amalga oshirilayotgan ishlarning manzilliligini va samaradorligini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Jarayon doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3