Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
"Abdulla Avloniy" mahallasida tanqidiy tahlil: Mas’uliyat va natijadorlik — asosiy talab

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda mahalla mas’ullarining aholi muammolarini hal etishdagi o‘rni va ish samaradorligi tahlil markazida bo‘ldi.

💬Muhokama davomida quyidagi kamchiliklarga e’tibor qaratildi:

🔅Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimidagi sustkashliklar;

🔅"Mahallabay" ishlash va xonadonbay o‘rganishlar samaradorligining pastligi;

🔅Belgilangan davlat dasturlari va topshiriqlar ijrosidagi sustkashlik holatlari.

✔️Kengash raisi tomonidan mahalla faollarining ish faoliyati qoniqarsiz deb topilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va aholi bilan ishlash madaniyatini oshirish choralari belgilandi.

💬"Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prikdir. Bu ko‘prik mustahkam bo‘lishi uchun har bir xodim mas’uliyatni his qilishi shart. Bizga quruq hisobotlar emas, balki odamlarning hayotidan rozi bo‘layotgani haqidagi amaliy natijalar kerak," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Slide 1 of 2