Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi. Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiya a'zolari . Inson ijtimoiy xizmatlar markazini o'rgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyundagi PQ-206-son qarori.“Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda ‘Inson’ ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganish yuqoridagi qaror talablarining joylarda ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tizim samaradorligini baholash maqsadida tashkil etildi. O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash Shuningdek, qaror talablari asosida markaz faoliyatining tashkil etilishi, xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘rganish yakunida qaror ijrosini to‘liq ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.Ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, yoshlar, xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash holati batafsil tahlil qilindi.

Slide 1 of 1