Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Hududda qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich, tuman Kengashi deputati Mamatmirzayeva Raxima hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Xurramov Lazizlar hamkorligida Faravon mahallasida joylashgan umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-145-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalladagi umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Shu bilan birga, maktab hududida qo‘shimcha bino qurilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida deputat tomonidan loyiha-smeta hujjatlari atroflicha tahlil qilinib, qurilish jarayonining sifati, belgilangan texnik me’yor va talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’ullar bilan muhokama olib borildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1