Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda

                                                                                                                                                                                                                               📝Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy nazoratga olingan.

Mazkur reja doirasida Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda xalq deputatlari S.Rajabova va T.Ashurovalar ishtirokida Tojikobod mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:

Ishchi guruh tomonidan mahalla hayotidagi ikki muhim yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi:

Imtiyozli kreditlarning maqsadli sarflanishi: Mahalla hokim yordamchisi tavsiyasi bilan aholiga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining natijadorligi ko‘zdan kechirildi. Bunda har bir summaning bandlikni ta’minlash va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qilayotganligi tahlil qilindi.

Tomorqa madaniyati va daromad manbai: Aholi ixtiyoridagi tomorqalardan unumli foydalanish, "bir sotixdan kamida 2-3 marta hosil olish" tizimining joriy etilishi holati o‘rganildi. Ayniqsa, issiqxonalar faoliyati va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi hissasiga urg‘u berildi.

Slide 1 of 1