Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

 MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, kotibiyat bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X.Qodirovlar Toshxovuz mahalla
fuqarolar yig‘inida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, kichik biznesni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida hokim
yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. 

Bunda, 2026-yilning birinchi choragida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar
tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilib, mahallada tadbirkorlik muhitini
yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini
kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi muhokama etildi. Shu
bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar
kiritildi. 

Shuningdek, deputat tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan sut mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi “Yodgor Milk” MChJ, smetana va qaymoq mahsulotlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan “G’ofurov Hurshid” YaTT hamda yumshoq mebellar va
mebel g‘iloflarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “S.Begaliyev” YaTT
korxonalari faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida mazkur korxonalarning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni, yangi ish
o‘rinlarini yaratish borasidagi imkoniyatlari hamda istiqbolli rejalari
yuzasidan fikr almashildi. Aytish joizki, birgina “S.Begaliyev” YaTT
korxonasida hozirgi kunda 40 nafar yoshlar va xotin-qizlar doimiy ish bilan
ta’minlangan. 

O‘rganishlar yakunida mas’ullarga tadbirkorlik sub’ektlarini
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlashni
kengaytirish hamda har bir oilani daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha
tegishli tavsiya va takliflar berildi. Ko‘tarilgan masalalar esa deputat nazoratiga
olindi.  

Slide 1 of 8