Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Joriy yilning 22-aprel kuni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani sport maktabida aholi va bolalarning sport
bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlarining holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sport zallari, mavjud jihozlar, sport anjomlari, infratuzilmaning bugungi holati hamda fuqarolar uchun
yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputat shu kuni sport maktabida sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, badminton va yengil atletika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Ayollar sport olimpiyadasi” musobaqasi jarayonini ham o‘rganib, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur musobaqada tumandagi 53 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan 138 nafari ishtirok etdi.
Deputat tomonidan sport maskanlaridan samarali foydalanish, xotin-qizlar hamda yoshlarni sportga keng jalb etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5