Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar birgalikda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida, tumandagi “Yangidiyor” mahallasida aholi bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qilingan turli sohalarga oid har xil masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Jumladan, ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash hamda ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish masalalarga amaliy yechim topish muhokama markazida bo‘ldi.

Mahallada fuqarolar qabulida “mahalla yettiligi” doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda joyida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit olish va subsidiya ajratish tartiblari yuzasidan aniq tushuntirish va amaliy takliflar berildi.

Slide 1 of 5