Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar nazoratda

Hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar nazoratda

🏗️ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ch. Alimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning nazorat-tahlili doirasida, tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, Kengash kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N. Alimovlar bilan birgalikda tumandagi 1-umumta’lim maktabi uchun qurilayotgan sport zali qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

🏗 Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ob'ektning loyiha asosida amalga oshirilayotganligi atroflicha o‘rganildi.

🏫 Mazkur sport zalining barpo etilishi o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning jismoniy rivojlanishini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi

📊 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qurilish ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati asosida bu kabi loyihalar ijrosi doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

#Nazorat_tahlil 

#Ch_Alimov

Slide 1 of 3