Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI

 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHIM
MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI
 

  

🔹 Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi
o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibida tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha
manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, 2026-yilgi “Tashabbusli byudjet”
jarayonining 1-mavsumi natijalari hamda vegetatsiya davri uchun ekinlarni
sug‘orish bo‘yicha suv olish limitlarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi. 

🔹 Yig‘ilishda komissiya a’zolari,
tuman Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat
guruhi a’zolari ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr
almashdilar. Jumladan, komissiya a’zosi, tuman hokimi X.Inomov tomonidan
mablag‘larni yo‘naltirish masalasi hududda suv ta’minotini yaxshilash, yer
resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

🔹 Shuningdek, ajratilayotgan
mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, loyihalarning
iqtisodiy va ijtimoiy natijadorligini oshirish, ijro jarayonida ochiqlik va
shaffoflikni ta’minlash hamda doimiy deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
zarurligi qayd etildi. 

🔹 Yig‘ilish yakunida muhokama
qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga ijro
uchun aniq vazifalar yuklatildi.  

Slide 1 of 8