Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kengash raisi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi

🔷O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar (https://t.me/bust_kengash/7771) natijasida tumanda aniqlangan muammo to‘g‘risida xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔵Yig‘ilishda Kengashning doimiy komissiyalar raislari M.Mirabdullayev, F.Axmedov, E.Shokirov, deputat M.Ashurov, kotibiyat mudiri J.Sadirov ishtirok etib, tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayevning Qonun ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisoboti tinglandi.

🔵Kadastrlar palatasi tuman bo‘limi bosh muhandisi v.b. R.Riskaliyevning tumanda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq tadbirlardagi mavjud muammolar haqida tushuntirishlari tinglandi.

🔵Shu bilan birga, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov tomonidan Qonun ijrosi tartibi haqida axborot berildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔷Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglanib, belgilangan ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3