Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
📌 Deputat 24 ta tavsiya asosida o‘rganish olib bordi

📌 Deputat 24 ta tavsiya asosida o‘rganish olib bordi

Bugun Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 6-Armug‘on saylov okrugi deputati Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna “Armugʻon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaga buruktirilgan ijtimoiy xodimning 24 ta tavsiyaga asosan ish faoliyati o‘rganildi. 

Bunda ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatiladigan xizmatning sifatli tashkil etilishi, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi va toʻlanishi holati o‘rganildi.

Jumladan:

 • aholining ijtimoiy holatini o‘rganish jumladan kambag‘al, nogiron, ehtiyojmandlar;

 • muhtoj oilalarga yordam va nafaqalarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;

 • ijtimoiy muammolarni aniqlab, tegishli tashkilotlarga yetkazish;

 • yolg‘iz keksalar, nogironlar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash;

 • ishsiz fuqarolarni ishga yo‘naltirishga yordam berish;

 • davlat ijtimoiy dasturlarini mahallada amalga oshirish;

 • aholiga maslahat va tushuntirish ishlarini olib borish.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholi muammolari va qator dolzarb ijtimoiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ijtimoiy xodim aholi muammolarini aniqlab, ularga yordam berishni tashkil qiladi.

Uchrashuvda shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Axmedjanova ishtirok etdi

Slide 1 of 1