Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat mahallada: “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi.

 Deputat mahallada: “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi.

  ️Paxtakor mahallasida tuman Kengashi deputati N.Rahimova hududda aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joylarga chiqib, o‘rganish ishlarini olib bordi. 

  Xususan, deputat “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan, davlat ta’minotida bo‘lgan hamda oila a’zolari orasida mehnatga layoqatsiz I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar yashovchi xonadonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. 

  Paxtakor MFYda yashovchi fuqaro Toxirova Kamola Yakubjonovna xonadoniga tashrif buyurib, joyida o‘rganish o‘tkazdi. O‘rganish davomida xonadon 2-qavatda joylashgani, veranda qismi devorlari to‘liq yopilmagani sababli issiqlik saqlanishi past ekani aniqlandi. Mazkur holatni
bartaraf etish uchun verandaga mustahkam rom o‘rnatish zarurligi tegishli mas’ullarga yetkazildi.
 

  O‘rganish yakunida aniqlangan muammoni hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilot rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.  

Slide 1 of 3