Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
QORATEPA MAHALLASI OBOD BO‘LMOQDA

 Tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari viloyati va tuman Kengashi deputatlari A.Oripov, Yu.Hakimov hamda A.Mamatmuratovlar boshchiligida Qoratepa mahallasi aholisi hamda nuroniylari ishtirokida mahallani yanada obodonlashtirish va hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash,
ko‘chalarni yoritish, tozalikni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Ayniqsa, nuroniylarning faol ishtiroki va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Ular tomonidan har bir xonadon egalarini obodonlashtirish
ishlariga jalb etish, mahallada hamjihatlik muhitini mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
 

Qoratepa mahallasini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida ishlar izchil davom ettiriladi. 

Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 6