Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
💊 Imtiyozli dori vositalari ta’minoti deputatlar nazoratida❗️

💊 Imtiyozli dori vositalari ta’minoti deputatlar nazoratida❗️

Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va A.Churatayevalar tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamiga davlat tomonidan #bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹 Tibbiyot muassasalarida surunkali kasalligi bor bemorlar (diabet, arterial gipertoniya va b.) uchun mo‘ljallangan dori zaxiralarining yetarliligi;

🔹 Imtiyozli dorilarning retsept asosida manzilli va o‘z vaqtida bemorlarga yetkazib berilishi;

🔹 Fuqarolarning dori ta’minoti sifatidan mamnunligi va duch kelayotgan muammolari.

O‘rganish yakunida dori vositalari taqchilligining oldini olish va dorixonalardagi elektron tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ul tibbiyot birlashmasi rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3