Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
📌 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

📌 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5-To‘quvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevichning 2026-yil 27-martdagi deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi.

Mazkur so‘rov yuzasidan Yakkasaroy tumani “Boshliq” mahallasi, Qushbegi ko‘chasida mahalla kirish arkasidan Salor kanaligacha bo‘lgan hududda elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida yuzaga kelgan muammo o‘rganildi.

🔧 Jumladan, elektr kabellari yangisiga almashtirilib, hududda asfalt qoplamasi yotqizilgan bo‘lsa-da, ayrim joylarda qayta cho‘kish holati aniqlangan.

✅ Bildirilgan kamchiliklar inobatga olinib, mazkur hududda cho‘kish kuzatilgan qismlar qayta ta’mirlanib, yangi asfalt qoplamasi yotqizilgani ma’lum qilindi.

Mazkur javob Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.A.Vaxabov tomonidan taqdim etildi.

📍 Hududlarda aniqlanayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 1